2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida AQSh kompaniyalari 29 mingta robot sotib oldi. Bu Qoʻshma Shtatlar tarixida rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu raqamlar bu borada 2017-yilda qayd qilingan maksimal koʻrsatkichlardan oshadi va 2020-yilgi koʻrsatkichlardan deyarli 2 marta koʻproqni tashkil qiladi, deya yozmoqda “CNN”.

Taʼkidlanishicha, bunday robotlashtirish mahsulotlarga talab yuqoriligi va malakali mutaxassislarni yollashdagi qiyinchiliklar bilan bogʻlangan. Koʻplab kompaniyalar pandemiya oqibatlari ortida zarur ishchilarni yollay olmagan yoki oʻz xodimlarini qaytara olmagan va shu sababli robotlarga umid bogʻlagan.

Asosan robotlarni avtomobilsozlik, metallurgiya hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xarid qilgan. Biroq umuman olganda, AQSh iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida robotlarga talab yuqori boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda AQSh kompaniyalari robotlashtirishga $1,48 mlrd sarflagan.

Avvalroq Spot Amazon $999 lik yangi uy robotini taqdim etgani haqida yozgan edi.