WSJ Amerikaning sobiq Prezidenti Donald Trampga tegishli 5 yulduzli mehmonxona sotilishi haqida xabar berdi.

Xaridor sifatida CGI Merchant Group $375 mln taklif etmoqda.

Kelishuv Trump Organisation ishtirokida tuzilgan.

Nashrning yozishicha, CGI Merchant Group Tramp nomini olib tashlash niyatida va Hilton Worldwide Holdings bilan brending va mulkni boshqarish bo‘yicha allaqachon kelishib olgan.

Mehmonxona sobiq pochta bo‘limida, Oq uy yaqinidagi Pensilvaniya avenyusida joylashgan.

Mehmonxonaning o‘zi Amerika hukumatiga tegishli, biroq u yangilash opsiyasi bilan 100 yilgacha ijaraga beriladi.

WSJ ma’lumotlariga ko’ra, bitim 2022-yilning birinchi choragida tuziladi.

Avvalroq Spot, Forbes tuzgan reytingida o’rin egallay olmaganligi haqida xabar bergan edi.