Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-14-son, 16.11.2021 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tasdiqlandi.

Komissiya paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi.

Klasterlar komissiyasi xulosasiga asosan Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va talabgor bilan o‘ttiz yilga bitim tuziladi.

Bitim quyidagi holatlarda faqatgina sud tartibida bekor qilinadi:

  • tomonlarning biri qarshi bo‘lganida;
  • bitimdagi majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganida;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi klasterlar tomonidan shartnoma shartlari 3 yil bajarilmaganligiga oid murojaatlari bo‘lganda.

Klaster tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxtaning kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati bo‘lgan talabgorga ustunlik beriladi.

Klasterlarning yillik paxta hajmi 30 ming tonnadan ko‘p bo‘lganda audit o‘tkazishga xalqaro auditorlar jalb qilinadi.