Oʻzbekiston Rossiyaning beshta aviakompaniyasiga mamlakat aeroportlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

2021/2022-qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan yoʻnalishlar quyidagicha:

“Aeroflot” aviakompaniyasi

Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishida haftasiga 4 marotaba.

“S7 Airlines” aviakompaniyasi

  • Moskva — Samarqand — Moskva
  • Moskva — Buxoro — Moskva
  • Moskva — Urganch — Moskva
  • Irkutsk — Fargʻona — Irkutsk
  • Novosibirsk — Buxoro — Novosibirsk
  • Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk
  • Novosibirsk — Fargʻona — Novosibirsk yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

“Ural Airlines” aviakompaniyasi

  • Moskva — Namangan — Moskva
  • Moskva — Samarqand — Moskva
  • Sankt-Peterburg — Urganch — Sankt-Peterburg
  • Sankt-Peterburg — Fargʻona — Sankt-Peterburg
  • Yekaterinburg — Namangan — Yekaterinburg
  • Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg
  • Qozon — Samarqand — Qozon yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

“Red Wings” aviakompaniyasi

  • Moskva — Fargʻona — Moskva
  • Moskva — Samarqand — Moskva
  • Moskva — Buxoro — Moskva
  • Qozon — Buxoro — Qozon yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

“Smartavia” aviakompaniyasi

  • Sankt-Peterburg — Namangan — Sankt-Peterburg
  • Sankt-Peterburg — Buxoro — Sankt-Peterburg yoʻnalishlarida haftasiga 1 ta reys.

Avvalroq Spot mahalliy “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga yangi reysni yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.