“Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 215,3 mlrd soʻmlik aksiyalari qoʻshimcha emissiyasini joylashtirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bankning ushbu aksiyalarini Alisher Usmonovning USM holding kompaniyasi shuʼba korxonasi — “Telekominvest” MChJ xarid qilgan.

“Kapitalbank"ning aksionerlari ulushida roʻy bergan soʻnggi oʻzgarishga koʻp boʻlmadi. Joriy yil noyabr oyi boshida tijorat bankining 34,1 foiz ulushini Oybek Tursunov sotib olgandi va shu bilan Tursunov egalik qiladigan aksiyalar ulushi 50 foizga yetgandi. Uning qoʻlidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani tashkil qilmoqda

Alisher Usmonovga qarashli kompaniyaga esa 65 973 307 dona aksiya oʻtgan.