MIB Mirobod tumanidagi umumiy ovqatlanish binosi va unga tutash maydonchani sotuvga qoʻydi.

Suratlarga qaraganda, “Venetsiya” restorani (sobiq “Bahor 777” kafesi) binosi sotiladi, unda “7 Бочек” bar ham joylashgan.

Bino 2013-yilda 162 kv.metrni maydonda qurilgan. Ikki qavatli uyning maydoni 357 kv.metrni tashkil etadi. Hamma kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv, kanalizatsiya bor.

Lotning boshlangʻich bahosi — 1,3 milliard soʻm. Xoʻjalik sudining qarori bilan iyun oyida sotuvga qoʻyilgan (Ijro hujjati 4−1001−2119 / 8735−1).

“7 Бочек” barining binolari alohida lot sifatida sotiladi. Uning maydoni 166 kv.metrni tashkil etadi.

Mazkur lotning boshlangʻich bahosi 725 million soʻm etib belgilandi. U ham xoʻjalik sudining qarori bilan iyun oyida sotuvga qoʻyilgan (Ijro hujjati 4−1001−2119 / 8735).

Har ikkala auksion 30-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Ariza topshirishning oxirgi muddati 28-dekabr.

Avvalroq Spot MIB Shayxontohur tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoni auksionga qo‘yganligi haqida yozgan edi