Prezident tomonidan imzolangan qonunga koʻra, bir qator qurilmalardan foydalanishga ruxsat berildi. Xususan:

  • haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin;
  • haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qoʻllaniladi;
  • transport salonining old qismiga monitor (displey) oʻrnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.

Shuningdek, haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi boʻlganida transportni boshqarish, roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sugʻurtani yonida olib yurishi talab etilmaydi.

Bundan tashqari, avtomobilda yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi.

Mazkurur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi