Prezident farmoniga koʻra, Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun (31-dekabrdan 4-yanvarga qadar) dam olishadi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbekning tushuntirishicha, quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 31-dekabr — juma ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar — shanba Yangi yil bayrami, yaʼni ishlanmaydigan kun;
  • 2-yanvar — yakshanba barcha uchun dam olish kuni;
  • 3-yanvar — dushanba ish haftasidan qatʼi nazar qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 4-yanvar — seshanba haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 8-yanvar — shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni.

8-yanvar — shanba kuni 5 kunliklar uchun ham, 6 kunliklar uchun ham ish kuni boʻladi.