2022-yil yozi oʻrtalaridan UzAuto Motors bazasida Tracker avtomobillarini ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Taʼkidlanishicha, yaqin kunlarda Asakadagi avtozavodda mashinalarning sinov variantlari ishlab chiqarildi. Avtomobil modeli Global Emerging Markets (GEM) yagona byudjet platformasida kichik uzelli yigʻish uslubida ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi kamida 50% boʻlishi kutilmoqda.

Ishlab chiqarish hajmining yiliga eng kamida 80 ming dona avtomobil darajasida boʻlishi rejalashtirilgan. Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining hozirda tayyor koʻrinishda import qilinayotgan Tracker modellaridan qanchalik farq qilishi hali maʼlum emas.

Avvalroq UzAuto Motors Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish boʻyicha yangi arizalar qabul qilishni toʻxtatgan edi.