Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga koʻra, 2021 yil yanvar-noyabr oylarida 7,8 trln soʻm avtokreditlar berilgan. Bu 2020-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 40% ga oshgan (2020-yilda 5,6 trln soʻm).

Hududlar kesimida asosiy oʻsish Buxoro viloyati (114%) va Toshkent shahriga (2,4 marta) toʻgʻri keladi.

Mikrochiplarning yetishmasligi, uning oqibatlarida mashinalar yetishmovchiligi va uskunalarning oʻzgarishini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, yangi avtomobillar segmenti ortidan ikkilamchi bozorda narxlar oshib bormoqda, deyiladi tahlilda.

Hududlar kesimida eng yuqori oʻsish surʼatlari Qashqadaryo (12,1%), Xorazm (10,5%) viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda (6,3%) qayd etildi. Namangan (17,1%), Fargʻona (14,9%), Surxondaryo (14,4%) va Navoiy (10%) viloyatlarida avtomobillar xaridi kamaydi.

2021-yil noyabr oyida 17,4 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (oktyabr oyiga nisbatan kamayish — 5,9%). Shundan, 1 270 donasi (7,3%i) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonga import qilinayotgan “inomarka"lar haqida yozgan edi.