“EthereumMax” tokeniga egalik qiluvchilar Kim Kardashyan, Floyd Mayvezer, Logan Pol va boshqa mashhurlarni sudga berishdi.

Buning sababi- ular tomonidan token reklama qilingan paytda narxlar 6 barobarga oshgan. Sotib olingach avvalgi holiga qaytgan.

Mablag' yo’qotgan investorlar bunda mashhurlarni ayblashmoqda.

WSJ nashrining xabar berishicha, sudda javobgar sifatida kompaniya asoschilari ishtirok etadi.

Sud arizasida EthereumMax — spekulyativ token hisoblanib, mashhurlar tomonidan sotib olishga undash uning narxini soxta ravishda oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, arizada ko’rsatilishicha, 2021-yilning may-iyul oylarida investorlar tokenni yuqori narxda sotib olishgan.

EthereumMax vakili esa bu xabarni noto’g’ri deya fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun: Floyd Mayvezer kriptovalyutani o’tgan yilning iyun oyida Logan Pol bilan bo’ladigan janggi oldidan sotib olishni ilgari surgan edi. Undan oldinroq esa, Pol Pirs Twitterdagi 4 mln kuzatuvchiga ega profilida token haqida fikr qoldirgan. Kim Kardashyan $1,4 mln evaziga tokenni reklama qilib chiqqan.