Ayni paytda elektr tarmoqlarida uzilishlar boʻlmoqda.

“Bugun, 25-yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyilgan Energetika vazirligi xabarida.

Shuningdek, Chimkent, Taraz, Olmaota, Turkiston, Oʻsh va Bishkekda ham elektr energiyasi yoʻqligi aytilmoqda.