Taʼlim anʼanaviy shaklga qaytayotgani munosabati bilan samolyot va poyezd chiptalari tarif qismidan 50% miqdoridagi chegirmalar saqlab qolinadi. Avia va temir yoʻl chiptalari 7-fevralga qadar boshqa muddatga bepul almashtirib beriladi. Bu haqda SSV maʼlum qildi.

“Oliy taʼlim muassasalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari talabalari hamda oʻquvchilari uchun avia hamda poyezd chiptalari tarif qismidan 50% miqdorida chegirma berilishi imtiyozi saqlab qolinadi. Umuman, hech bir oʻquvchi va talaba chiptasiz qolmaydi”, deya qayd etadi SSV.

Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasining “omikron” shtammining yashirin davri qisqaligini inobatga olib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan muloqotda boʻlgan shaxslarning karantin muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartiriladi.