Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1,9 mln ga teng boʻlgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

Kofe mahsulotlari importi 2020-yil bilan solishtirilganda 2,7 tonnaga oshgan.

Mamlakatimizga eng koʻp qahva Rossiyadan kirib kelgan:

  • Rossiya — 102,3 tonna
  • Italiya — 95,2 tonna
  • Braziliya — 49 tonna
  • Vyetnam — 23,2 tonna
  • Belorus — 17,6 tonna
  • Turkiya — 8,2 tonna
  • Kolumbiya — 7,7 tonna
  • Germaniya — 6,3 tonna

Mavzuga doir: Yoʻl yoqasidagi gastromarket: Armen Saakyan Butcoin biznes-modeli, Starbucks sotuvi va demping haqida.