Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda Telegramdagi uzilishlarga izoh berilgan va tezlik maksimal darajaga ushlab turilishi aytilgan.

Spot ushbu xabarni oʻzbek tilida havola etadi:

Bugungi voqealar sabab Telegramning Yevropa klasteri misli ko‘rilmagan yuklamaga duch keldi. Natijada, ayrim foydalanuvchilar Telegramning bir qator xizmatlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli uzilishlarga duch kelishlari mumkin.

Biz bugungi kunda odamlarga o‘z yaqinlari bilan ishonchli muloqotga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj borligini tushunamiz va xabarlarni jo‘natish va qabul qilish tezligini yuqori darajada ushlab turish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Avvalroq Spot Rossiya va Ukrainadagi foydalanuvchilar Telegramdagi muammolardan shikoyat qilayotgani haqida yozgan edi.