Telegram foydalanuvchilari messenjerdagi nosozliklar haqida shikoyat qilmoqda, deb yozadi Forbes Russia.

Downdetector xizmati maʼlumotlariga koʻra, muammolar haqida xabarlar 24-fevral kuni, Moskva vaqti bilan 8:00 (Toshkent vaqti bilan 10:00) atrofida ommaviy ravishda kela boshlagan.

Dastlabki 3 daqiqada 98 ta murojaat qayd etilgan boʻlsa, soat 10:00 (Toshkentda 12:00)ga kelib ularning soni 470 taga yetdi. Soat 12:05 da (Toshkentda 14:05) 3000 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Barcha shikoyatlarning aksariyati Moskva, Sankt-Peterburg va Kiyevdagi foydalanuvchilardan keldi, bu xizmatning “qaynoq nuqtalari” xaritasidan kelib chiqadi. Rossiya, Ukraina va Belarusning boshqa shaharlaridagi foydalanuvchilar ham muammolar haqida xabar berishdi.

Aksariyat foydalanuvchilar serverga ulanishda muammolar haqida shikoyat qildilar. Shikoyatlarning 29%i xabarlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni, 28%i esa messenjer ilovalaridagi nosozliklar haqida gapirgan.

Spot muxbirlarining yozishicha, Oʻzbekistonda Telegram ishida ham muammolar mavjud. Xabarlarni yuborish bir necha soniyaga kechiktirilmoqda.