Kibersport boʻyicha 2022-yilning 13-martdan 3-aprelga qadar sovrin jamgʻarmasi $4000 boʻlgan “AORUS FRAG S8” xalqaro turniri boʻlib oʻtadi. Musobaqa ikki yoʻnalish — CS:GO va DOTA2 boʻyicha boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Turnir 4 ta bosqichda oʻtkaziladi, mos ravishda har bir jamoa play-off bosqichiga chiqish uchun 4 tadan imkoniyatga ega boʻladi. Har bir bosqichda maksimal 128 ta jamoa ishtirok etadi.

DOTA 2 yoʻnalishi gʻoliblari quyidagilarga ega boʻladilar:

  • 1-oʻrin uchun — $1500
  • 2-oʻrin uchun — $500

CS:GO yoʻnalishi gʻoliblariga esa:

  • 1-oʻrin uchun — 1500 dollar
  • 2-oʻrin uchun — 500 dollar

Turnirda ishtirok etish niyatidagilar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olish mumkin.