Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 3-mart kuni aholi banklardan $26,3 mln sotib olib, banklarga $27,9 mln sotgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-mart kuni oʻzbekistonliklar ₽60 mln (rubl) sotib olib, banklarga ₽5,4 mln sotgan.

Yevro boʻyicha yuqoridagi koʻrsatkich mos ravishda 118 ming va 68 mingni tashkil qildi.


Avvalroq, Markaziy bank tijorat banklariga rublni oldi-sotdisi oʻrtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turish tavsiya qilgandi.