Sony kompaniyasining joriy yilda Honda Motor bilan qoʻshma korxona tashkil etadi, u 2025-yilda elektromobilning birinchi seriya modelini yetkazib berishni boshlaydi.

Press-relizda hamkorlar bu alyansda Honda elektromobillar ishlab chiqarish uchun masʼul boʻlishini, Sony esa dasturiy ekotizimni taklif qilishini yashirishmadi. Avvalroq Sony oʻyin konsollari segmentida boʻlgani kabi tegishli xizmatlardan barqaror pul oqimlarini keltirib, obuna asosida transport vositalarini sotishni xohlashini aytdi.

Sony va Honda oʻrtasidagi yangi qoʻshma korxonaning hali nomi ham yoʻq, u faqat “Yangi kompaniya” (New Company) deb atalmoqda. Qoʻshma korxona ushbu yilda ish faoliyatini boshlaydi. Honda, shuningdek, elektromobillarni sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish uchun ham javobgar boʻladi va Sony bort dasturiy taʼminotini muntazam yangilab turish va umuman taklif qilingan “mobillik xizmatlari” infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash majburiyatini oladi.

Eslatib oʻtamiz, Honda Motor Shimoliy Amerika bozorida General Motors bilan hamkorlik qilish va ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchining Ultium platformasidan foydalanish orqali elektromobillar sotuvini yoʻlga qoʻyishni ilgari surmoqchi. Prologue krossoveri kelasi yili AQSh bozoriga chiqadi, keyinroq Acura modeli chiqadi. Kelajakda Honda amerikalik xaridorlarga oʻz dizaynidagi elektromobillarni taklif etish niyatida va 2040-yilga borib jahon bozorida ichki yonuv dvigatelli avtomobillar savdosidan butunlay voz kechadi.

Avvalroq Spot “Oʻzavtosanoat” elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi haqida yozgan edi.