Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8% ga oshgan.

Shuningdek, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagini tashkil etdi:

  • Avtomobil benzini — 196 ming tonna
  • Koʻmir — 878,6 ming tonna
  • Neft — 118,3 ming tonna
  • Gaz kondensati — 230 ming tonna
  • Yengil avtomobil — 39 922 dona
  • Avtobus — 68 dona
  • Yuk avtomobillari — 425 dona
  • Avtomobil dvigatellari — 32,8 ming dona

Avvalroq Spot grafit tanqisligi sababli elektromobil ishlab chiqarish xavf ostida qolayotgani haqida yozgan edi.