IT Park rezidenti Exadel .NET dasturlash boʻyicha bepul treningni oʻtkazmoqda, unda siz toʻliq amaliyotdan oʻtash va kelajakda “Exadel"ning bir qismiga aylanish uchun bilim va koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

Ariza beruvchilarga qanday talablar qoʻyiladi?

  • Visual Studio dasturida dastlabki tajribaga ega boʻlish;
  • algoritmlash asoslarini tushunish;
  • C# asoslarini bilish (o‘zgaruvchilar, usullar, sinflar, ma’lumotlar turlari, to‘plamlar);
  • OOP tamoyillarini bilish;
  • Intermediate va undan yuqori darajadagi ingliz tilini bilish.

Qolaversa, quyidagilarni tushunish foydali boʻladi:

  • SOLID, KISS, DRY, YAGNI tamoyillari;
  • Web API, REST, HTTP;
  • SQL baseʼni bilish.

Roʻyxatdan oʻting, soʻngra saralash testidan va suhbatdan oʻting.

Muhim: Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, testga taklifnomani belgilangan elektron manzil orqali olasiz.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 18-aprel. Kurs davomiyligi: 2022-yil 2-may — 2022-yil 24-iyun.

Format: onlayn. Tillar: ingliz (maʼruza) va rus. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.