“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-765-son, 20.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilolari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.
️ Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1-yilgacha) mikroqarzlar (50 mln soʻmgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
️ Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
️Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 1 127
- Izoh: 1
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 15:11 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, birlashtirilgan ikkita vazirlik va oshirilgan yo‘l haqi
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
Bugun, 01:07 Iqtisodiyot
Obid Hakimov prezidentning iqtisodiy maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
U Prezident administratsiya rahbarining ta’lim islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ladi. Kamoliddin Mardonov iqtisodiyot bo‘yicha yangi maslahatchi etib tayinlandi.
Kecha, 22:50 Ta'lim
Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi maxsus ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi
Guruh tarkibiga ta’lim tizimida tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
Kecha, 21:53 Ta'lim
Ilxom Siradjev yangi Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Bungacha u Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Kecha, 21:37 Ta'lim
Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim vazirligi yagona vazirlikka birlashtirildi
Prezidentning tegishli farmoni bilan ikkita vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Kecha, 18:52 Iqtisodiyot
O‘zbekiston propan, elektronika, avtomobillar, rangli metallar va don importini oshirdi
Shu bilan birga, turli tayyor buyumlar, cho‘yan va po‘lat, metall mahsulotlari, shuningdek, neft va neft mahsulotlari eksporti ham oshdi.
Kecha, 18:02 Biznes
UzPost Wildberries’dan qarz olishni shartlar aniqlashgach qayta ko‘rib chiqishi mumkin — Davaktiv
Agentlikning ma’lum qilishicha, moliyaviy ahvoli murakkab bo‘lgan pochta operatoriga modernizatsiya uchun 300 mlrd so‘m kerak.
Kecha, 16:46 Transport
Zangiota tumanida yangi temiryo‘l yo‘l o‘tkazgichi ochildi
Uzunligi qariyb 23,6 metr bo‘lgan ko‘prik Sabir Rahimov — O‘rtaovul temiryo‘l uchastkasidagi kesishma o‘rnida joylashgan.