Forbes Russia’ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yildan buyon Dubayda yashayotgan Telegram asoschisi 2021-yilning fevralida BAA fuqaroligini olganligi ma’lum bo’ldi.

Umumiy hisobda bu Durovning 4-fuqaroligi.Manbalarning xabar berishicha, Durov ish yuzasidan bo’ladigan sayohatlar uchun BAA va Fransiya pasportlaridan foydalanadi. Sent-Kits va Nevis fuqaroligi esa Rossiyadan emigratsiya qilingan dastlabki yillarda kerak bo’lgan.

Ma’lum qilinishicha, tadbirkor Rossiyaga sayohat qilmaydi va sakkiz yildan buyon bu davlat hududida hech qanday aktiv saqlamaydi. Telegramning Rossiyada na rasmiy ofisi va na ishchi xodimlari mavjud. Mamlakat bo’yicha umumiy foydalanuvchilar soni 8% dan oshmaydi. Shuningdek, Rossiya federatsiyasi fuqaroligini tasdiqlovchi pasportning muddati ham tugagan.

Hozirgi vaqtga kelib Durovning hisobidagi mablag’lar $15 mlnni tashkil etadi.