Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 455 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

2022-yilning dastlabki 3 oyida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 426 ta
  • Germaniya — 13 ta
  • Gonkong — 7 ta
  • BAA — 3 ta
  • Estoniya — 2 ta
  • AQSH — 1 ta
  • Kanada — 1 ta