CA Distributor va FRAG.gg portali IT Park bilan hamkorlikda Counter Strike: Global Offensive bo’yicha CAD Corporate Cup’da ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Turnir 14-may kuni soat 19:00da boshlanadi. Musobaqa Major Premium o’yin klubida bo’lib o’tadi, unda 32 tagacha jamoa qatnashishi mumkin.

Qanday ishtirok etish mumkin?

Turnirda ishtirok etish uchun kirish to’lovini to’lash lozim — bir jamoadan 1 million so’m.

Faqat rasmiy kompaniyalarning xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Jamoaning barcha a’zolari bitta kompaniyaning xodimlari bo’lishi kerak.

G‘olib jamoalar pul mukofotlari, kubok, medallar va turnir hamkorlaridan sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

  1. o‘rin — turnirning bosh kubogi, 20 million so‘m, medallar va devayslar;
  2. o‘rin — 10 million so‘m, medallar va devayslar;
  3. o‘rin — 5 million so‘m, medallar va devayslar;
  4. oʻrin — devayslar.

Ro’yxatdan o’tish uchun: Telegram