O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirigi tomonidan 2022- yilning 10-mayidan 10-iyuniga qadar faol talaba-yoshlar o’rtasida “Wikipedia” portalining o’zbek tilidagi segmentiga yangi ma’lumotlar va maqolalarni joylashtirish hamda ularni ommalashtirish bo’yicha tanlov o’tkazilmoqda.

Tanlovda respublikamizdagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha oliy ta’lim muassasalari va ularning qoshidagi o’rta maxsus o’quv yurtlari (texnikumlar, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va boshqalar) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov yakunlariga ko’ra eng ko’p maqola joylashtirgan 10 nafar talaba-yoshlar va talabalari eng ko’p maqola joylashtirgan 3 nafar oliy ta’lim muassasasi munosib taqdirlanadi.

Ishtirokchilar tanlovda qatnashishdan avval qisqa onlayn anketani to’ldirishi lozim.

Tanlov tartibi va shartlari bilan tanishing.