“Toshshahartransxizmat"ning xabar berishicha, avtobuslar va elektrobuslarga endi old eshikdan chiqib, oʻrta va orqa tomondan chiqish joriy etiladi.

Kirish joyida yoʻl haqini haydovchi yonida oʻrnatilgan qurilma (validator)ga transport kartasini tekkizish orqali yoki naqd pulda toʻlash kerak.

Qayd etilishicha, qaror yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, transportga chiqish va tushirishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

Koʻchalardagi baʼzi elektrobuslarda old eshikka yashil, oʻrta va orqa eshiklarga qizil belgi yopishtirib chiqildi.