Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta koʻrib chiqilib, byurokratiyadan holi yangi tizim yaratilishi taʼkidlandi.

Jumladan:

  • erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar vazirligiga oʻtkaziladi;
  • sanoat zonalari boʻyicha maʼmuriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi;
  • sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qoʻllash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qoʻmitasi amalga oshiradi;
  • sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qoʻyiladi);
  • investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi, deyiladi rasmiy xabarda.