Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1,1 mln.ga teng boʻlgan 153,3 tonna qahva import qilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga koʻp.

Mamlakatimizga eng koʻp qahva Italiyadan kirib kelgan (avvalgi yillarda yetakchi Rossiya hisoblangan):

  • Italiya — 41,7 tonna
  • Braziliya — 39,3 tonna
  • Rossiya — 22,2 tonna
  • Vyetnam — 22 tonna
  • Turkiya — 6 tonna
  • Belorus — 4,7 tonna
  • Germaniya — 2,8 tonna
  • Kolumbiya — 2,5 tonna
  • Portugaliya — 2,1 tonna

Avvalroq Spot Oʻzbekistonga qiymati qariyb $22 mln.ga teng elektromobillar olib kelingani haqida yozgan edi.