Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati $21,8 mln.ga teng boʻlgan 734 ta elektromobil import qilgan.

Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston “elektrokar"larni asosan Xitoydan import qilmoqda:

  • Xitoy — 654 ta;
  • BAA — 40 ta;
  • Germaniya — 17 ta;
  • Gong Kong — 10 ta;
  • Litva — 6 ta;
  • Estoniya — 2 ta;
  • Koreya — 2 ta.

Avvalroq Oʻzbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshganligi haqida xabar berilgandi.