Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda Telegram Web-ning Apple bilan boʻlayotgan muammolari haqida soʻz boradi.

Spot ushbu xabarni oʻzbek tilida havola etadi:

Telegram Web ajoyib ish stoli (desktop) tajribasini taqdim etadi, lekin u mobil qurilmalarda ham ajoyib ishlaydi. Biroq, u iOS-da ilova asl sifatiga erisha olmaydi, chunki Apple veb-ishlab chiquvchilarni iPhone va iPad-da imkoniyatlarini cheklab keladi.

Telegram veb-ishlab chiqaruvchisi aprel oyida Apple iOS Safari brauzeridagi yillar davomida tuzatish yoki yaxshilashni istamagan 10 ta muammo roʻyxati bilan boʻlishdi. Boshqa ishlab chiquvchilar hatto Safari internetni oʻldirayotganidan shikoyat qilishadi.

Apple foydalanuvchilarni ayrim ilovalarni yuklab olishga majburlash uchun oʻz veb-ilovalariga ataylab zarar yetkazishi mumkin, degan gumondamiz, sababi Apple bu orqali 30% toʻlov olishi mumkin.

Yaxshiyamki, regulyatorlar nima boʻlayotganini tushunishga kirishdilar. Bu hafta Buyuk Britaniyaning Raqobat va bozorlar boshqarmasi (CMA) shunday xulosaga keldi:

“Apple oʻzining mobil qurilmalarida ayrim brauzerlarning muqobil variantlarini taqiqlaydi. CMA brauzerlarning Safari bilan raqobatlashishlarini cheklashlaridan xavotirda (masalan, tezlik va funksionallik kabi xususiyatlarda) va Apple brauzer mexanizmiga sarmoya kiritish ragʻbatini cheklaydi.

Ushbu cheklov, shuningdek, veb-ilovalarning — alohida yuklab olish oʻrniga brauzerda ishlaydigan ilovalarning — imkoniyatlarini keskin cheklaydi, isteʼmolchilar va korxonalarni ushbu innovatsion texnologiyaning barcha afzalliklaridan mahrum qiladi.

Oʻylaymanki, bu toʻgʻri xulosa va tez orada tartibga solish choralari koʻriladi. Stiv Jobsning oʻlimidan oʻn yildan koʻproq vaqt oʻtib, bir vaqtlar mobil internetda inqilob qilgan kompaniya uning eng katta toʻsigʻiga aylangani achinarli.