Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, Oʻzbekistonga 5 oyda 1,1 mln dona telefon import qilingan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga qurilmalarning qiymati $80 mln ga teng boʻlgan.

Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 216 311 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan. Eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — 846 504 dona;
  • Vyetnam — 128 407 dona;
  • Hindiston — 73 371 dona;
  • BAA — 47 112 dona;
  • Qozogʻiston — 4030 dona;
  • Koreya — 1 586 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

  • yanvar — 129 766 dona;
  • fevral — 284 461 dona;
  • mart — 286 056 dona;
  • aprel — 276 362 dona;
  • may — 124 393 dona.