General Motors oʻzining Cadillac markali elektr sedanini yaratish uchun $ 81 mln sarmoya kiritmoqda. Bu haqda Amerika kompaniyasi saytida xabar berildi.

Model Celestiq deb nomlanadi. U Michigan shtatining Uorren shahridagi GM texnik markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi. Elektromobil GM kompaniyasining barcha yoʻlovchi elektromobillari uchun umumiy boʻlgan Ultium platformasida quriladi.

Celestiq brendning eʼlon qilingan birinchi elektromobili Cadillac Lyriq krossoveridan akkumulyatorlar, motorlar va boshqa komponentlarni oladi. Ikkinchisining chiqarilishi, shuningdek, Qoʻshma Shtatlardan xaridorlar uchun buyurtmalar qabul qilinishi joriy yilning bahorida boshlandi.

Celestiq ishlab chiqarish Detroyt chekkasida 2023-yil oxirida boshlanishi kerak. Model, rejalarga koʻra, 2024-yilda sotuvga chiqariladi.

Elektromobil kichik hajmlarda qoʻlda yigʻiladi — yiliga taxminan 400 dona. Cadillac Celestiq narxi $100 mingdan oshishi kutilmoqda.

Bu pul evaziga xaridorlar, xususan, har bir yoʻlovchi uchun shaffofligi sozlanishi mumkin boʻlgan “aqlli shisha” tomga ega boʻladi, deya xabar beradi GM. Model 100 dan ortiq 3D bosma komponentlardan, jumladan, strukturaviy va kosmetik detallardan foydalanadi.