Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga qiymati $49 mln ga teng boʻlgan 158,4 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Qayd etilishicha, bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozogʻiston — 153,4 ming tonna;
  • Rossiya — 4,9 ming tonna;
  • AQSh — 50 tonna;
  • Italiya — 27 tonna;
  • Hindiston — 2 tonna;
  • Fransiya — 1,8 tonna.

Bundan oldin Oʻzbekiston bozorlarida kartoshka va piyoz narxi arzonlashgani xabar qilingandi.