Telegram messenjeri Premium obuna narxini 299 rublgacha tushirdi. Bu haqda РБК nashri xabar berdi.
Qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etadigan obuna narxi xizmat ishga tushirilgandan 2 kun o’tib pasaytirildi.
Xizmat narxi e’lon qilingan vaqtda 449 rubl edi. Obuna bo’lish @PremiumBot orqali amalga oshiriladi.
Abonent uchun imtiyozlar, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- 4 GB gacha boʻlgan fayllarni yuklash;
- fayllarni tezlik chegaralarisiz yuklab olish;
- noyob stikerlar va reaksiyalarni yuborish;
- ovozli xabarlarni tanib olish;
- profilda kengaytirilgan tavsifni yaratish;
- telegram kanallarida reklamalarni yashirish;
- barcha yangi dialoglarni avtomatik ravishda arxivlash;
- video avatar qoʻyish.
Spot, avvalroq Premium obuna ishga tushganligi haqida xabar bergan edi.