Oʻzbekistonda bloklangan Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari blokdan chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda “Kun.uz” AKT vazirligiga tayanib yozmoqda.

Oʻzbekistonda 2021-yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi.

Cheklovga mazkur tarmoqlar Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga oid maʼlumotlarni Oʻzbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab boʻlgan. 2021-yil 16-apreldan kuchga kirgan qonunda shunday talab belgilangandi.

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan boʻlsa-da, blok hamon ochilmay qolmoqda.