2022-yil 1-avgustdan boshlab “Uzbekistan Airways” Toshkent — Seul — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha parvozlar sonini koʻpaytiradi. Bu haqda kompaniya matubot xizmat xabar bermoqda.

Endi aviaqatnovlar haftasiga 5 marta — seshanba, payshanba, juma, yakshanba va dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Bunda, Toshkentdan joʻnab ketish soat 22:15 da (Toshkent vaqti bilan), Seulga yetib borish soat 08:25 da (Seul vaqti bilan), Seuldan joʻnab ketish soat 10:10 da (Seul vaqti bilan), Toshkentga yetib borish soat 13:20 da (Toshkent vaqti bilan) amalga oshiriladi.

Avvalroq Rossiyaning “Azimut” kompaniyasi Stavropoldan Toshkent va Urganchga qatnov yoʻlga qoʻyishi haqida xabar berilgandi.