O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi delegatsiyasi Ostona xalqaro moliya markazi tomonidan joriy yilning 27−29 iyun kunlari Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “Astana Finance Days” V konferensiyasida faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari V.Pak va “OXMM ma’muriyati” AJ boshqaruvi raisi YE.Rismagambetov o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni o‘rnatish, axborot va yangi texnologiyalarni joriy etishda tajriba almashinuvini nazarda tutgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Konferensiya doirasida yana bir qator mutasaddi tashkilot vakillari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvlar davomida Qozog‘iston tarafiga O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solish va rivojlantirish tajribasi keltirib o‘tildi.

Uchrashuvlar doirasida, O‘zbekiston vakillari tomonidan, Qozog‘iston vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Markaziy Osiyoda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solishda yagona yondashuvlarni ishlab chiqish zaruriyati mavjudlgi ta’kidlandi.

Uchrashuvlar natijalari bo‘yicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilandi.

Eslatib o’tamiz, Qozog’iston hukumati mayning sohasida yetakchilikka erishgach elektr energiyasi va boshqa aloqador sohalarni tartibga solish uchun nazoratni kuchaytirgan edi.

Bundan tashqari, “Astana” xalqaro moliya markazida kriptobirja ro’yxatga olinib, hattoki, u orqali ko’chmas mulk sotib olish imkoni yaratilgan edi.