Fransiya kompaniyasi “Total Eren” Samarqand viloyatida 131 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi oʻz faoliyatini boshlaganini e’lon qildi.

Fotoelektr stansiya140 mingga yaqin mahalliy aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashi kutilmoqda.

Kompaniya 2021-yil avgust oyida Yevropa investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Fransiyaning Proparco kompaniyasidan 87,4 mln yevrolik qarzni olgach, loyihani yakuniga yetkazdi.

Samarqand shahridan 100 km gʻarbda joylashgan fotoelektr stansiyasi Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari bilan 25 yillik elektr energiyasini sotib olish shartnomasi asosida ishlaydi.

“Total Eren” butun loyiha muddati 25 yil davomida elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi va boshqaradi.

“Kelgusida biz O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda shamol va quyosh energiyasi bo‘yicha ko‘p loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz”, — dedi Fabienne Demol, Total Eren kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari.

“Total Eren” — fransuz kompaniyasi, dunyoda qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchilardan biri. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi umumiy quvvati 3500 MVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya elektr stansiyalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, qurish bilan shug’ullanadi.