Prezident “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonunni imzoladi.

Kiritilgan qoʻshimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga koʻra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:

  • $3 mln.dan — $5 mln.gacha investitsiya uchun — 3 yil;
  • $5 mln.dan — $15 mln.gacha investitsiya uchun — 5 yil;
  • $15 mln va undan koʻp investitsiyalar uchun -10 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilinadi.

Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Avvalroq maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplab berilishi xabar berilgandi.