Qoʻmita xabariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni boʻyicha Cobalt yetakchilik qilmoqda.

Ushbu koʻrsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha koʻrinishga ega:

  • Cobalt — 10 468 dona;
  • Lacetti-Gentra — 9 463 dona;
  • Damas — 6 286 dona;
  • Nexia T-250 — 3 225 dona;
  • Spark — 1 815 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar — 2 597 dona.

Bundan oldin “UzAuto Motors” Lacetti va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi oshganligi haqida yozgan edi.