Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan qiymati $396 mln.ga teng boʻlgan 16 308 ta yengil avtomobillar import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.

Qayd etilishicha, avtomobillar, asosan, Xitoydan olib kelingan:

  • Xitoy — 7265 ta
  • Koreya — 4510 ta
  • Qozogʻiston — 2896 ta
  • Rossiya — 1192 ta
  • AQSh — 180 ta
  • BAA — 84 ta
  • Yaponiya — 65 ta
  • Germaniya — 48 ta

Avvalroq “Spot” “Chery” avtomobillarining sinov partiyasi iyul oyida Oʻzbekistonga kelishi haqida yozgan edi.