“Afrosiyob” poyezdlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, endilikda GPS orqali poyezdlarning bekatdan soat nechada harakatlanganligi va yakuniy bekatga qancha muddatda yetib kelishini monitoring qilish mumkin boʻladi.

Buning uchun chipta.railway.uz saytidan “Poyezdlar jadvali” boʻlimiga kiriladi. Shundan soʻng “Onlayn tablo” tugmasini bosish orqali harakat vaqtlarini koʻrish mumkin.

Avvalroq “Spot” Oʻzbekiston Ispaniyadan tezyurar elektropoyezdlar sotib olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.