Don korxonalari va filiallaridagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqarildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan saralanadi, jumladan:

  • savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi;
  • zakalat pulining kelib tushganligi;
  • talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5%ini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslar ariza namunasini 6-sentabr soat 18:00 ga qadar to‘ldirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar va batafsil ma’lumot bu yerda.

Don korxonalaridagi davlat ulushlari

Davlat aktivining nomi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” АJ

80,2

2544323

“Qo‘ng‘irot un zavodi” АJ

95,6

2544325

“Asaka don mahsulotlari” АJ

65,8

2544328

“Andijondonmahsulot” АJ

51,0

2544324

“Kogondonmahsulotlari” АJ

93,0

2544339

“Do‘stlikdonmahsulot” АJ

90,2

2544327

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJ

64,8

2544321

“Qiziltepa un zavodi” AJ

93,5

2544326

“Popdonmahsulotlari” АJ

92,8

2544322

“Samarqanddonmahsulotlari” АJ

72,3

2544337

“Oqtosh Don” АJ

57,4

2544336

“Juma elevatori” АJ

63,8

2544338

“Xovos don mahsulotlari” АJ

94,2

2544340

“Surxondaryodonmahsulotlari” АJ

88,5

2544329

“Toshkentdonmahsulotlari” АJ

51,0

2544334

“Ohangaron don” АJ

56,8

2544330

“Farg‘onadonmahsulotlari” АJ

51,0

2544332

“Qo‘qon don mahsulotlari” АJ

64,3

2544333

“Shovot don mahsulotlari” АJ

51,0

2544331

“Xorazmdonmahsulotlari” АJ

92,2

2544335