2021-yilda Afg‘onistonga 2,1 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan.

Ya’ni, o‘tgan yil uchun Afg‘onistonning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas, deya ma’lumot bermoqda Energetika vazirligi matbut xizmati.

Afg‘onistonga joriy yilda 2,2 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berish belgilangan bo‘lib, yanvar-iyun oylarida 770 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Bugungi kunda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2002-yildan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib borilmoqda. 2009-yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so‘ng, Afg‘onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi yetkazilib berilmoqda.


Iyul oyida “Spot” energetika sohasida regulyator tashkil etilishi haqida xabar bergandi.

U banklarning regulyatori — Markaziy bank kabi bozorning barcha qatnashuvchilari faoliyatini nazorat qiladi va tartibga soladi.