Joriy yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ulushi 1,8%ga yetdi, xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida — 1,7%, 2020-yilda esa 1,5%ni tashkil etgan.

Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining eng ko‘p hissasi aloqa xizmatlariga to‘g‘ri keladi — 68,3%.

Shuningdek, 18,2%ini kompyuter dasturlashtirish va maslahat berish, 6,1%ini ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar, 4,8%ini esa kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari tashkil etadi.

Qolgan 2,6%i dasturiy ta’minotni chiqarishga tegishli.

Buguni kunda mamalakat AKT sohasida faoliyat olib borayotganlar soni ortib bormoqda. Masalan, ko‘rsatkichlarga qaraydigan bo‘lsak, 2015-yilda 33,4 ming kishi ishlagan bo‘lsa, 2021-yilda bu yo‘nalishda 53 mingdan ortiq kishi band bo‘lgan.

Ularning o‘rtacha oylik ish haqi 11,2 mln so‘mni tashkil etadi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistondagi tashkilotlar axborot va kiberxavfsizlik ta’minlanganligi darajasi bo‘yicha baholangani haqida xabar bergandi.