O‘zbekiston joriy yilda Rossiyadan ko‘proq avtomobil ishlab chiqardi, xabar beradi “PromReyting” tahlil agentligi.

“UzAuto Motors” dastlabki olti oyda 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.

Rossiyaning “AvtoVaz” kompaniyasi esa 80 ming dona avtomobil ishlab chiqargan.

“MDH mamlakatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha 2022-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda”, — deb yozadi agentlik ekspertlari.

“UzAuto Motors” sanksiyalar tufayli 2022-yil 9-martdan boshlab Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatgandi.

Aprelda kompaniya ishlab chiqarishining 60% dan ortigʻini “Cobalt” va “Lacetti” avtomobillari tashkil etdi.

To‘rt oyda 28 690 dona “Cobalt”, 26 305 dona “Lacetti” avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda 126 474 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishning asosiy qismi “Lacetti” va “Nexia” avtomobillariga to‘g‘ri kelgan.

Bunda 35 381 ta “Lacetti”, 9364 dona “Nexia” ishlab chiqarilgan.

18-iyulda “UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

Avtomobillar sotuvi joriy yilning 30-avgust sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.