Markaziy bankning joriy yil iyul oyidagi tahlillari aholining sezilgan inflyatsiya ko‘rsatkichi pasayib, 16,8 %ga yetganini ko‘rsatmoqda.

Respondentlarning ko‘pchiligi iyul oyida shakar, qandolat, non va un mahsulotlari hamda yoqilg‘i narxlarining nisbatan ko‘proq oshganini sezishgan.

Inflyatsiya darajasining pasayishi asosan maishiy xizmat va savdo sohasida faoliyat yurituvchilar, shuningdek, talabalarda sezilgan.

Yuqori ko‘rsatkich umumiy ovqatlanish sohasida qayd etildi.

Shuningdek, yillik inflyatsiya darajasi 12,3 %ni, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi esa 16,3 %ni tashkil etdi.

Daromadlari ko‘payib borgan respondentlarning xarajatlarida oziq-ovqat narxlari nisbatan pasayib, nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha narxlari oshib borganligi kuzatildi.

Ijtimoiy tovarlar narxi 18%ga o‘sib, umumiy inflyatsiya bilan oradagi farq 5,7%ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tovarlar narxlarining oshishi parranda go‘shti, piyoz, guruch, kungaboqar yog‘i, shakar va bug‘doy uni narxlarining yillik hisobda qimmatlashishi bilan izohlandi.


Avvalroq regulyator aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalarini e’lon qilgandi.

Aholining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari 15,5%ni tashkil etadi.