Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,9%ga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Soliq tushumlarining o‘sishi viloyatlar kesimida Farg‘onada (39,4%) qayd etilgan bo‘lsa, Toshkent shahrida ko‘rsatkich 42,6%ga yetdi.

Samarqand (35,3%), Surxondaryo (34,5%), Sirdaryo (34,4%), Buxoro (33,9%), Xorazm (32,4%) viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi.

Bunga soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish hisobidan erishildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish va soliq qonunchiligi talablariga rioya etish tartibini soddalashtirish ham tushumlarning o‘sishiga xizmat qildi.


Joriy yilda Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unda soliq toʻlovchilar uchun bir qator yengilliklar keltirilgan.