Avvalroq, Innovatsion rivojlanish vazirligi milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi.

Vazirlik messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish nega kerakligiga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, bu milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan zarur hisblanib, ilg‘or texnologiyalar va tajribalardan kelib chiqqan holda qaror qilindi.

Ularni yaratishda kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarning saqlanish kafolatlari hamda bir qator davlatlar tajribasidan foydalanish kerakligi ta’kidlanmoqda.

Hozirda 24,1 mln nafar o‘zbekistonlik internetdan foydalanadi. Bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 1,4% ga o‘smoqda.

Shuningdek, Ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilarning 28,5%ni 18−35 yosh oralig‘idagi yoshlar qatlami tashkil etadi.

O‘zbekistondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq — bu Instagram. Undan foydalanuvchilar soni 4,8 mln.dan oshdi.

Tanlov haqida

“Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha startap loyihalar” tanlovida ishtirok etish uchun startap loyiha asoschilaridan yoki kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi lozim.

Ishtirokchilar 1 ta loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.

Startap loyihalar innovatsionliligi, texnik jihatdan mukammalligi, jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, marketing rejasi kabi mezonlar asosida qabul qilinadi.

Arizalar qabuli 1-oktabrga qadar qilib belgilangan.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar havola orqali jo‘natilishi kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.